
Institutimiz professor-oʻqituvchilari Turkiyada malaka oshirmoqda
04.04.2026 soat 10:28YangiliklarMatbuot27
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamda Turkiyaning Selcuk universiteti o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida institut professor-o‘qituvchilari malaka oshirish maqsadida Turkiya Respublikasiga jo‘nab ketdilar.
Jumladan, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri Zohid Shukurov hamda kafedra o‘qituvchilari Ozoda Hamidova va Murod Yaxyoyev ushbu safar davomida Selchuk universitetida xalqaro ta’lim sifati, ilg‘or xorijiy tajribalar hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bo‘yicha o‘z malakalarini oshiradilar.
Mazkur tashrif institutning xalqaro nufuzini yuksaltirish, shuningdek, o‘quv jarayoniga jahon standartlarini keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.




