
Turkiyada institut o‘qituvchilari xalqaro tajriba almashmoqda
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilarining Turkiyaning Selçuk universitetida malaka oshirish uchun jo‘nab ketgani haqida avval xabar bergan edik.
Malaka oshirish jarayonida biologiya fani o‘qituvchisi Ozoda Hamidova mazkur universitetning virusologiya laboratoriyasida ilmiy-amaliy faoliyat olib borib, professorlar Ahmed Direk va Yasmin Goruh hamda bir guruh talabalar bilan hamkorlikda tajriba almashdi.
Shuningdek, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri Zohid Shukurov bakalavriat matematika ta’lim dasturining asosiy maqsadlari hamda zamonaviy o‘qitish metodikalarini chuqur o‘rganmoqda.
Mazkur malaka oshirish dasturi professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘zlashtirish va ta’lim sifatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.




