
Talabalarning malakaviy amaliyot jarayonlari samarali tashkil etilmoqda
11.04.2026 soat 12:45YangiliklarMatbuot11
Aniq va tabiiy fanlar fakultetining 2-bosqich matematika, kimyo va biologiya yo‘nalishlari hamda 3-bosqich iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun amaliyot jarayonlari boshlanganligi haqida avval xabar berilgan edi.
Mazkur amaliyot doirasida 2-bosqich biologiya yo‘nalishi talabalari institutning o‘quv-tajriba hamda dala-amaliyot maydonlarida amaliyot rahbari D.Malikov boshchiligida amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
Iqtisodiyot yo‘nalishining 23-07 guruh talabalari malakaviy amaliyot jarayonida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimiyatida hamda tijorat banklarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish faoliyatida ishtirok etib, iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish jarayonlarini ham amaliy jihatdan o‘rganmoqda.





