Shahrisabz davlat pedagogika instituti delegatsiyasi tashrifi
13.04.2026 soat 15:09YangiliklarMatbuot15
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga Shahrisabz davlat pedagogika instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolarini institut rektori Sherzod Urakov samimiy kutib oldi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari institutning kutubxonasi, laboratoriyalari, o‘quv ustaxonalari, kafedralari hamda registratsiya ofisi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, mehmonlarga institutning ilmiy va ta’lim salohiyati, yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.









