
Buxoroga madaniy ekskursiya tashkil etildi
13.04.2026 soat 17:34YangiliklarMatbuot27
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari “Vatan bo‘ylab sayohat” shiori ostida madaniy ekskursiya dasturi doirasida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdilar.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar Buxoro viloyatining tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari hamda boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini boyitish, ajdodlar merosiga hurmat ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.







