“Ilhom” mukofoti tanlovining institut bosqichi bo‘yicha dastlabki saralash jarayoni bo‘lib o‘tdi
13.04.2026 soat 16:07YangiliklarMatbuot34
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “Ilhom” mukofoti tanlovi e’lon qilingan edi.
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida mazkur tanlovning institut bosqichi doirasida test savollari asosida dastlabki saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, “Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek kino va sahna asarlarini yaratish kabi yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni taqdirlashga mo‘ljallangan.






