
Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan O‘T–25-02-guruh talabalari tomonidan o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, sadoqat timsoli Saida Zunnunova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida shoira yashagan davr ruhiyati, uning murakkab, ammo sharafli hayot yo‘li hamda boy va o‘lmas ijodiy merosi badiiy chiqishlar orqali yoritib berildi. Ishtirokchilar tomonidan Saida Zunnunova ijodiga xos yuksak insoniy fazilatlar, samimiyat va vafodorlik g‘oyalari alohida e’tirof etildi.
Tadbir yakunida ta’kidlanganidek, Saida Zunnunova ijodi shunchaki she’riyat emas, balki o‘zbek ayolining or-nomusi, sabr-toqati va go‘zal qalbining badiiy ifodasidir. Mazkur adabiy kecha yosh avlod uchun sadoqat, fidoyilik va ijodiy kamolot maktabi vazifasini o‘tadi.
Xotira abadiy, qadr muqaddas. Adabiyotimiz quyoshi hech qachon so‘nmaydi.





