Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada institut rektori Sherzod Urakov, ilmiy-amaliy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, mustaqil izlanuvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Konferensiyani institut rektori Sherzod Urakov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan akademiklar, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar.
Shuningdek, konferensiyada Zoom platformasi orqali oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham onlayn tarzda qatnashdilar.









