Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo'lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Kattaqo'rg'on davlat pedagogika institutiKattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti
☰
Institut
Yangiliklar
Tuzilma
Faoliyat
Qabul
Talabalarga
Grantlar
Korrupsiyaga qarshi kurashBitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
Bitiruvchi kasbiy kompetensiyalarini baholash
← Orqaga
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi”: voleybol bo‘yicha fakultetlar bosqichi qizg‘in bahslarga boy o‘tdi

“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi”: voleybol bo‘yicha fakultetlar bosqichi qizg‘in bahslarga boy o‘tdi

20.04.2026 soat 16:33Sport OlimpiadalariMatbuot21

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” musobaqasining voleybol bo‘yicha fakultetlar bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur sport tadbiri institut fakultetlari jamoalari o‘rtasida yuqori saviyada tashkil etilib, unda iqtidorli hamda sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, 2-o‘rinni Filologiya va tillarni o‘qitish fakulteti, 3-o‘rinni esa Pedagogika fakulteti jamoasi egalladi.
Musobaqalar davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, maydonda jamoaviylik, tezkorlik, chaqqonlik hamda taktik fikrlash kabi muhim sport fazilatlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil harakat qilib, tomoshabinlarga yorqin va unutilmas sport lahzalarini taqdim etdi.

🖼 Qo'shimcha rasmlar (4)