
Institutimiz talabasi viloyat chempionatida ikki karra g‘olib bo‘ldi
21.04.2026 soat 09:12Sport OlimpiadalariMatbuot14
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida armrestling sport turi bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar hamda kattalar o‘rtasida viloyat chempionati o‘tkazildi. Mazkur musobaqada turli yosh toifalaridagi sportchilar ishtirok etdilar.
Kattalar o‘rtasida (o‘ng va chap qo‘l bahslari) 80 kg vazn toifasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Muhammadali Sobirjonov har ikkala yo‘nalishda ham faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur natija institut jamoasi uchun muhim yutuqlardan biri bo‘lib, talabaning sport sohasidagi yuqori salohiyati va intilishidan dalolat beradi. Kelgusi bosqichlarda ham unga omad tilaymiz.







