“Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi
22.04.2026 soat 16:21Sport OlimpiadalariMatbuot43
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining birinchi bosqichi doirasida xotin-qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Mazkur musobaqa talaba-yoshlarni jismonan yetuk va axloqiy barkamol, Vatanga sadoqat ruhida komil inson etib tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini zamon talablari darajasida tashkil etish, ommaviy sportni rivojlantirish, shuningdek, yoshlarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida tashkil etildi.


