
Muhandislik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi
22.04.2026 soat 17:04YangiliklarMatbuot13
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamda Kattaqo‘g‘on shahar 1-son texnikumi o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Elmonov hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani S. Rajabov Kattaqo‘g‘on shahar 1-son texnikumiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida talabalarni real ishlab chiqarish muhitiga integratsiya qilish orqali ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, shuningdek, transport muhandisligi sohasida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.






