
Kafedra oyligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra oyligi doirasida qator ma’naviy-ma’rifiy hamda amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, kafedra o‘qituvchilari Z. Qarshiyeva va G. Xalbayeva tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 1- va 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Sahnalashtirish faoliyati” yo‘nalishida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida mazmunli va qiziqarli teatrlashtirilgan tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir orqali talabalar kelajakdagi kasbiy faoliyatlariga tayyorgarlik jarayonida bolalar bilan ishlash, sahnalashtirish jarayonini samarali tashkil etish hamda pedagogik mahoratlarini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi O. Saidova tomonidan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbirda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 25-04, 25-05 va 25-06-guruh talabalari faol ishtirok etdilar.







