Kattaqo‘rg‘on shahrida “Tozalik va ozodalik kuni” doirasida obodonlashtirish ishlari olib borildi
25.04.2026 soat 11:20YangiliklarMatbuot17
Shanba kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida “Tozalik va ozodalik kuni” doirasida shahar miqyosida “Chiqindidan holi hudud” umumxalq harakati tashkil etildi.
Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ham atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, aholi uchun sog‘lom va toza yashash muhitini yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirlar institut hududi va unga tutash maydonlarda sanitariya holatini yaxshilash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda talaba-yoshlar orasida tozalik va tartib-intizomga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishga xizmat qildi.








