
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi öqituvçisi Ş.Yuldaşev tomonidan Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) yönalişi 4-kurs talabalari uçun “Nutq könikmalari integratsiyasi” (tanlov fan) böyiça amaliy maşğulot taşkil etildi.
Mazkur dars jarayonida Indoneziyaning Muhammadiyah Gresik universiteti professor-öqituvçilari Prof. Dr. Khoirul Anwar, M.Pd hamda Paulina, M.Pd (Ph.D Candidate) iştirok etib, maşğulotni kuzatdilar.
Şuningdek, taşrif doirasida mehmonlar tomonidan talabalar uçun yönalişda öqitiladigan “Akademik maqsadlar uçun ingliz tili” (EAP – English for Academic Purpose) hamda “Baholaşning xalqaro standartlari” fanlari yuzasidan amaliy workshop taşkil etildi. Uşbu maşğulotlar davomida talabalar bilan interaktiv muhokamalar olib borilib, xalqaro tajriba asosida muhim ilmiy-uslubiy tavsiyalar berildi.