
Quvonchli xabar: Institut jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
30.04.2026 soat 20:33YangiliklarMatbuot15
Oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovining ikkinchi hududiy saralash bosqichida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad – talaba-yoshlarni o‘z xalqiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va Vataniga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda yuksak harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda harbiy-texnik va amaliy sport turlarini ommalashtirishdan iboratdir.






