Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari tashrif buyurdi
02.05.2026 soat 15:27Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot19
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga Indoneziyaning Universitas Muhammadiyah Gresik hamda Tailandning Walailak University professor-o‘qituvchilari rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar tomonidan bir qator seminarlar, workshoplar va treninglar tashkil etilib, ularda ilg‘or pedagogik tajribalar hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdilar.
Tashrif yakunida samimiy ruhda xayrlashuv marosimi o‘tkazilib, kelgusida hamkorlik aloqalarini izchil davom ettirishga kelishib olindi.









