
“Munozara” turnirining institut bosqichi o‘tkazildi
02.05.2026 soat 17:08Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuot9
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida “Munozara” respublika turnirining institut bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Turnir davomida talabalar o‘zlarining tanqidiy fikrlash, notiqlik mahorati, jamoada ishlash ko‘nikmalari hamda dolzarb mavzularga asosli munosabat bildirish salohiyatlarini namoyon etdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida eng kuchli jamoalar saralab olinib, keyingi bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.
Tadbir yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.





