
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi assistentlari U.Bozorova va N.Abduraşidovalarning ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasiga kiritilgan, Q2 kvartilga mansub “Agrobiological Records” jurnalida çop etildi.
“BIOECOLOGY, BIOMASS AND PRODUCTIVITY INDICATORS OF Persicaria amphibia (L.) Delarbre ACROSS DIFFERENT LOCAL HABITATS IN SAMARKAND REGION (UZBEKISTAN)” mavzusidagi uşbu maqolada Persicaria amphibia ösimligining bioekologiyasi, biomassa körsatkiçlari hamda mahsuldorligi turli lokal yaşaş muhitlari kesimida har tomonlama örganilgan. Tadqiqot natijalarida ösimlikning zamonaviy fitoterapiya hamda oziq-ovqat orqali saraton kasalliklarining oldini oliş yönalişidagi ahamiyatiga oid dolzarb ilmiy xulosalar bayon etilgan.