Talabalar harbiy qismga tashrif buyurdi
04.05.2026 soat 16:41TashriflarMatbuot15
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari 02855-harbiy qismda o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etdilar. Tashrif davomida talabalar harbiy qism faoliyati, xizmat sharoitlari hamda zamonaviy harbiy texnika bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.




