Jismoniy tayyorgarlik sinovlariga start berildi
05.05.2026 soat 11:54Sport klubiMatbuot17
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarni jismoniy faollikka yo‘naltirish, ularning salomatligini mustahkamlash hamda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga keng jalb etishdan iborat.
Mazkur tadbirni institut rektori Sherzod Urakov ochib berdi.
Jismoniy tayyorgarlik sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, belgilangan turlar hamda mezonlar asosida qabul qilinadi.
Tadbirda sport klublari a’zolari va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.







