
Endilikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining o‘z nashri mavjud
06.05.2026 soat 11:59YangiliklarMatbuot10
Institut muassisligida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya tomonidan “Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti ilmiy axborotnomasi”, “Scientific Bulletin of the Kattakurgan State Pedagogical Institute” hamda “Вестник Кaттакурганского государственного педагогического института” nomli ilmiy jurnal rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ushbu jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida onlayn tarzda nashr etib boriladi.



