9-may munosabati bilan “Memory Day & FL Show” tadbiri tashkil etildi
Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Memory Day & FL Show” (“Xotira kuni va chet tillari shousi”) nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda qiziqarli interaktiv o‘yinlar namoyish etildi. Ishtirokchilar tomonidan ijro etilgan chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir ishtirokchilaridan biri o‘z fikrida shunday dedi:
“Biz bugun nafaqat o‘tmishimizni yod etish, balki kelajagimiz poydevori bo‘lgan ilm-fan va xorijiy tillar olamiga sayohat qilish uchun jam bo‘ldik.”
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – milliy tariximiz va qadriyatlarimizni e’zozlagan holda, yoshlarni ilm-fan va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishdan iboratdir. Zero, xorijiy tillarni bilish – dunyo eshiklarini ochuvchi oltin kalitdir.







