
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida payşanba – “Yoşlar kuni” munosabati bilan Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan ingliz tili yönalişi 3-bosqiç talabalari iştirokida “Yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini oşiriş” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Tadbir davomida Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Ruziyeva sözga çiqib, bugungi globallaşuv davrida kitobning inson maʼnaviy kamolotidagi örni beqiyos ekanini alohida taʼkidladi. Şuningdek, bölajak ingliz tili mutaxassislari uçun jahon adabiyoti namunalarini mutolaa qiliş nafaqat ularning dunyoqaraşini kengaytirişi, balki kasbiy mahoratini oşirişda ham muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.