
INSTITUT JAMOASI YENGIL ATLETIKADA MUVAFFAQIYATGA ERISHDI
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan kompleks sport musobaqalarining yengil atletika bo‘yicha hududiy ikkinchi bosqichida munosib ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, institut sportchilari 5 ta birinchi, 9 ta ikkinchi hamda 3 ta uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Estafeta yugurish bahslarida esa o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari 8 ta ikkinchi o‘rin hamda faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Umumjamoa hisobida institut jamoasi faxrli 2-o‘rin bilan taqdirlandi.Musobaqada birinchi o‘rinni egallagan talabalar Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Jamoaga sport klubi raisi o‘rinbosari A.Jabborov hamda yengil atletika bo‘yicha murabbiy B.Ashurov rahbarlik qildi.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz hamda sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaymiz!








