
Bugun erta tongda Kattaqörğon davlat pedagogika institutining bir guruh talabalari Toşkent şahriga yöl oldi.
Mazkur taşrif Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil may oyida belgilangan topşiriqlari ijrosi doirasida taşkil etilmoqda. Unda özbek xalqi va davlatçiligi tarixi, Birinçi va Ikkinçi Renessans davrlari, buyuk allomalar hayoti va ilmiy merosi, şuningdek, boy tarixiy, diniy hamda madaniy qadriyatlarimizni keng tarğib qiliş maqsad qilingan.
Taşrif davomida talabalar Toşkent şahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Amir Temur muzeyi, “Özbekiston prokuraturasi tarixi” muzeyi hamda respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi tarixiy muzeylarda bölişadi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy taşriflar yoşlarning tarixiy xotirasini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltiriş hamda ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosini çuqur örganişga xizmat qiladi.