
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oilam – mening baxtiyor manzilim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirda oila qadriyatlarini mustahkamlaş, jamiyatda soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş hamda yoşlarni oilaga hurmat ruhida tarbiyalaş masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Iştirokçilar tomonidan oilaning jamiyatdagi örni va uning mustahkamligi barqaror taraqqiyotning muhim omili ekani alohida taʼkidlandi.
Mazkur tadbir iştirokçilarda katta taassurot qoldirib, oilaga bölgan hurmat va eʼtiborni yanada oşirişga xizmat qildi.