
“Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
06.06.2026 soat 10:09Ekofaol talabalarMatbuot7
“Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan institut hududi va uning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida talabalar hududni chiqindilardan tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda atrof-muhit musaffoligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlarda faol ishtirok etdilar.
Mazkur tashabbus yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda hududlar ozodaligini saqlashga xizmat qiladi. Obodonlashtirish ishlari davomida talabalar o‘zlarining ekologik mas’uliyatini namoyon etib, atrof-muhitni asrashga munosib hissa qo‘shdilar.


