Chempion talaba rektor tabrigiga sazovor bo‘ldi
08.06.2026 soat 10:57Sport OlimpiadalariMatbuot7
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan kompleks sport musobaqalarining yengil atletika bo‘yicha uch hatlab sakrash bahslarida mutloq chempionlikni qo‘lga kiritgan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Feruzbek Teshayevni institut rektori Sherzod Urakov g‘alaba bilan qutladi.
Uchrashuv davomida rektor sportchining erishgan yuksak natijasini alohida e’tirof etib, bu muvaffaqiyat institut jamoasi uchun ham katta faxr ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Feruzbek Teshayevga kelgusidagi sport faoliyatida yanada ulkan yutuqlar va xalqaro maydonlarda ham munosib natijalar tiladi.


