Kafedralarda diplom oldi himoyalari tashkil etildi
08.06.2026 soat 16:15YangiliklarMatbuot10
Xorijiy tillar hamda O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedralarida bitiruvchi kurs talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlari bo‘yicha diplom oldi himoyalari tashkil etildi.
Himoya jarayonlarida talabalar o‘zlarining bitiruv malakaviy ishlari mavzularining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, erishilgan ilmiy natijalar hamda ishlarning amaliy ahamiyati yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdilar.
Muhokamalar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy va metodik jihatdan boyitish hamda yakuniy himoyaga puxta tayyorlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.









