
Talabamiz navbatdagi yutuqqa erishdi
10.06.2026 soat 10:09Sport OlimpiadalariMatbuot4
Pedagogika fakultetining Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Rizobek Boymurodov Namangan shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 60 kilogramm vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Ushbu natija bilan Rizobek Boymurodovni muborakbod etamiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar va yanada yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!



