
Prorektor Sirojiddin Elmonov Xitoyda ta’lim boshqaruvi sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda
10.06.2026 soat 11:17YangiliklarMatbuot8
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xitoyning Shenyan pedagogika universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “Vazirlik tizimidagi mutaxassis va talabalarni Xitoyda malakasini oshirish” grant loyihasi doirasida Joriy yilning 9–22-iyun kunlari Xitoyning Liaoning, Chansha va Syantan hududlarida “Ta’lim sohasidagi rahbarlarning boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Mazkur xalqaro seminar-treningda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sirojiddin Elmonov ham ishtirok etib, ta’lim boshqaruvi sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqda.


