
Xodimlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari boshlandi
Xodimlar uchun sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 15-apreldagi 139-son buyrug‘i qabul qilingan.
Mazkur buyruqning 9-bandiga muvofiq, vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan joriy yilning noyabr oyiga qadar xodimlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish belgilangan.
Shunga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida haftaning har juma kuni xodimlar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” hamda “Rektor kubogi” sport musobaqalari o‘tkazib boriladi.
Musobaqalarning o‘tkazilish muddati va sport turlari bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafik bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
(https://drive.google.com/file/d/12XMb_Ha5CbIaFQ1KFsciIGxSVjg3Urqv/view?usp=sharing)


