Bitiruvchilar bandligini ta’minlash yo‘lida
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bitiruvchi kurs talabalarining bandligini ta’minlash, ularning o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zmilliybank AJ Samarqand viloyat bosh boshqarmasining “Kelajakka qadam” markazi menejeri Shermuhammad G‘aniyev ishtirok etib, talabalarga “Kelajak tadbirkori” loyihasi doirasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, biznes loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, davlat tomonidan berilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari hamda biznes g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.







