
Nasiba Ruziyevaning “Parlez-vous français” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi
18.06.2026 soat 09:59Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot4
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri N.Ruziyevaning “Parlez-vous français” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma fransuz tilini o‘rganayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanmada fransuz tilining tovush tizimi, lug‘at boyligi hamda tilning shakllanish va rivojlanish jarayoniga oid muhim ma’lumotlar jamlangan.
Shuningdek, o‘quv qo‘llanmadan o‘rin olgan dialoglar talabalarning kundalik muloqot jarayonida fransuz tilidan samarali foydalanishiga ko‘maklashadi.


