
Payşanba – Yoşlar kuni doirasida Kattaqörğon şahar hokimi Gavhar Alimova Kattaqörğon davlat pedagogika institutining startap loyihalari ustida faol iş olib borayotgan talabalari bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida talabalar özlarining innovatsion ğoyalari, startap loyihalari hamda amaliy işlanmalari haqida maʼlumot berdilar. Şahar hokimi yoşlarning taşabbuslari va ilmiy-ijodiy izlanişlarini yuqori baholab, bunday loyihalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş muhimligini taʼkidladi.
Şuningdek, Gavhar Alimova Kattaqörğonni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantiriş, şahar infratuzilmasiga innovatsion yeçimlarni keng joriy etiş hamda uni kelajakda “Aqlli şahar” tamoyillari asosida rivojlantiriş borasidagi maqsad va rejalar bilan örtoqlaşdi.