
Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026-y.) bilan “Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan talabalar öqişini davlat oliy taʼlim taşkilotlariga köçiriş böyiça davlat xizmatini körsatiş”ning maʼmuriy reglamenti (https://lex.uz/docs/8263908) tasdiqlandi.
Qarorga asosan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdoş bakalavriat taʼlim yönalişlariga öqişini köçirişda çet tili va umumtaʼlim fanlaridan milliy ёки xalqaro sertifikatga ega talabalarga tabaqalaştirilgan yoki maksimal ball berişni yölga qöyadi.
Reglamentga köra, Bilim va malakalarni baholaş agentligi (Agentlik) uşbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar YAIDXP yoki Agentlikning maxsus elektron platformasi yoxud davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Quyidagilar arizani rad etişga asos böladi:
sörovnomada nazarda tutilgan hujjatlar yoki maʼlumotlar töliq taqdim etilmagani;
sörovnomada notöğri yoxud buzib körsatilgan maʼlumotlar aniqlangani;
belgilangan miqdordagi tölov öz vaqtida amalga oşirilmagani.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar işçi organ tomonidan har yili 15-iyuldan 6-avgustgaça körib çiqiladi hamda arizani qabul qiliş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qilinadi.
Bu haqda ariza beruvçiga YAIDXP yoki maxsus platforma orqali xabarnoma yuboriladi.
Öqişni köçiriş böyiça QR-kodli imtihon natijasi vakolatli organ tomonidan har yili imtihonlar yakunlangandan söng 1 hafta içida ariza beruvçiga yuboriladi.