
Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Muhandislik fakulteti taşkil etildi.
Fakultet faoliyatining asosiy maqsadi muhandislik taʼlim dasturlarini xalqaro va zamonaviy talablar asosida şakllantiriş, mehnat bozori ehtiyojlariga mos, raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşdan iborat.
Taʼlim jarayoni Turin politexnika universitetining öquv dasturlari asosida taşkil etiladi. Talabalar “Sanoat işlab çiqariş texnologiyalari” hamda “Barqaror transport” bakalavriat taʼlim yönalişlarida tahsil oladilar. Dastlabki 1–2-kurslar Kattaqörğon davlat pedagogika institutida öqitiladi. Ikki yillik taʼlimni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar akademik körsatkiçlari va ingliz tilini biliş darajasiga qarab 3–4-kurslarda Turin politexnika universitetida tahsil oladi.
Talabalarning özlaştiriş darajalari aniqlaş, barça imtihonlarni taşkil etiş va baholaş Turin politexnika universiteti tomonidan amalga oşiriladi.
Akademik talablarga töliq javob bergan bitiruvçilar Turin politexnika universiteti tomonidan taqdim etiladigan xalqaro darajadagi diplomga ega böladilar.
Uşbu loyiha natijasida yoşlar uçun xalqaro standartlar asosida taʼlim oliş imkoniyatlari yanada kengayadi, zamonaviy bilim va könikmalarga ega yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlanadi.
Mazkur yönalişni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Kattaqörğon tumanida taşkil etilayotgan avtomobilsozlik klasterida mutaxassisligi böyiça işlaş imkoniyatiga ega böladi.