
Talabamiz viloyat hokimi e’tirofiga sazovor bo‘ldi
25.06.2026 soat 16:21YangiliklarMatbuot6
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev xalqaro sport maydonlarida yurtimiz bayrogʻini baland koʻtargan yuz nafarga yaqin iqtidorli sportchilarni taqdirladi.
Quvonarlisi, ushbu mukofotlanganlar safida Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti talabasi Sevara Mamatova ham bor!
U Tailand poytaxti Bangkok shahrida yoshlar oʻrtasida boks boʻyicha oʻtkazilgan nufuzli “Futures Cup” xalqaro turnirida yuksak mahorat koʻrsatib, faxrli natijani qoʻlga kiritgandi. Italiyalik raqibi Amilia Zamanani yaqqol ustunlik bilan magʻlubiyatga uchratgandi.



