
Malayziyada toʻliq grant asosida tahsil olish imkoniyati!
10.07.2026 soat 11:02YangiliklarMatbuot7
Talabalar diqqatiga!
Malayziyaning MAIWP xalqaro universiteti tomonidan Samarqand viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining 10 nafar yosh talabasiga toʻliq grant asosida taʼlim olish uchun kvota ajratildi.
MAIWP xalqaro universiteti 1993-yilda tashkil etilgan boʻlib, tibbiyot va pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Grant dasturida ishtirok etishni istagan talabgorlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS 5.5 va undan yuqori sertifikatni taqdim etishlari lozim.
🗓 Hujjatlarni taqdim etishning oxirgi muddati: 2026-yil 13-iyul.
Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga chorlaymiz!


