
Joriy yilning 27-avgust kuni Kattaqörğon davlat pedagogika institutida BMTning Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi Xalqaro pakti qabul qilinganining 60 yilligi munosabati bilan “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlaş: global çaqiriqlar va milliy yeçimlar” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Tadbirni Ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor F.Sirojiddinov olib bordi. Institut yuriskonsulti F.Alimov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş bölimi boşliği M.Törayev mavzu yuzasidan maʼruza qildi.
Şuningdek, institutda mazkur mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkaziş taklifi ilgari surildi. Konferensiya dasturi va konsepsiyasini işlab çiqiş, xorijiy hamda mahalliy ekspertlarni jalb etiş, hamkor taşkilotlar bilan taşkiliy masalalarni kelişiş böyiça vazifalar belgilandi.
Tadbir yakunida professor-öqituvçilar va talaba-yoşlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar böyiça bilimlarini oşiriş hamda bu boradagi ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytiriş muhimligi taʼkidlandi.