
2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi
28.08.2026 soat 09:29YangiliklarMatbuot21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.
Jami kvotalar soni – 4 840 ta.
Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.
Kvotalar quyidagicha belgilangan:
stajyor-tadqiqotchilikka – 400 ta;
tayanch doktoranturaga – 3 900 ta;
doktoranturaga – 540 ta.


