Rektor talabalarga Mustaqillik darsini o‘tdi
07.09.2026 soat 13:17YangiliklarMatbuot6
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilining ilk kunida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida institut rektori Sherzod Urakov 1-bosqich talabalariga Mustaqillik darsini o‘tdi.
Dars davomida mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, bugungi bunyodkorlik va taraqqiyot jarayonlari, yoshlarning Vatan ravnaqi va kelajagini barpo etishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida “Mustaqillik siz uchun nimani anglatadi?”, “Mustaqillik va biz!”, “Talabalik maktublari”, “Yangi Toshkent shahridamiz” kabi mavzular asosida tayyorlangan kontentlar namoyish etilib, talabalar bilan ochiq muloqotlar olib borildi.


