Giyohvandlik – kelajak kushandasi
08.09.2026 soat 12:15YangiliklarMatbuot2
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Giyohvandlik – kelajak kushandasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda institut profilaktika inspektori X.Xaydarov, fakultet dekan o‘rinbosari B.Yo‘ldoshev hamda tyutor D.Saidov ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda zararli odatlardan voz kechishning muhim jihatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Tadbir yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning sog‘lom va farovon hayot kechirishiga ko‘maklashish hamda giyohvandlikka qarshi immunitetini mustahkamlashga xizmat qildi.


