
Talabamiz Turkiyada tahsil olmoqda
17.09.2026 soat 12:01YangiliklarMatbuot2
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 3-bosqich talabasi Sarvara Salomova talabalar almashinuvi dasturi doirasida Turkiyaning Selchuk universitetiga yetib bordi.
Sarvara Salomova bir semestr davomida mazkur oliy ta’lim muassasasida tahsil olib, xalqaro ta’lim tajribasini o‘zlashtirish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Talabamizga xorijda tahsil olish jarayonida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!




