Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari doirasida “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlarda yo‘nalish tyutorlari tomonidan talabalarga jamiyatda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilish, kundalik hayotda atrofdagilarning huquq va manfaatlarini hurmat qilish, jamoat joylarida odob-axloq me’yorlariga amal qilish hamda turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri va mas’uliyatli qarorlar qabul qilishning ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki, fuqarolik mas’uliyatini his etishi va o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni anglash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, kundalik hayotda ijtimoiy odob va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar oldilar.


