
Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan nutqida mamlakatimizga bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarurligini taʼkidladi. Davlatimiz rahbari taʼlimga sifat va mazmun olib kiriş masalasini şu maqsad bilan boğladi. Kattaqörğon davlat pedagogika institutida taʼlim sifatini oşiriş va amaliy könikmalarga ega kadrlar tayyorlaşga qaratilgan işlar mazkur ustuvor yönaliş bilan hamohangdir.
Prezident nutqida ilgari surilgan birinçi milliy dastur bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirişga qaratilgan. Institutda bu maqsad fan dasturi, maşğulot va baholaş örtasidagi boğliqlikni kuçaytiriş, talabaga egallagan bilimini amaliy vaziyatda qöllaş imkonini beriş orqali amalga oşirilmoqda. Şu maqsadda darslarni kuzatiş va pedagogik tahlil qiliş, fan dasturlari hamda baholaş mezonlarini örganiş, talabalar fikrini sörovlar orqali oliş kabi içki sifatni taʼminlaş işlari olib borilmoqda. Olingan xulosalar öqituvçilarga uslubiy yordam körsatiş va öquv jarayonini takomillaştirişga yönaltiriladi.
Taʼlim mazmunida talabaning faol iştiroki muhim örin tutadi. Muammoli vaziyatlarni tahlil qiliş, loyiha topşiriqlari, amaliy maşqlar va jamoaviy işlaş orqali talabalar bilimdan amaliy foydalanişni örganadi. Bunday yondaşuv bölajak pedagog va muhandislarning mustaqil fikrlaşi, muloqot qilişi hamda kasbiy masʼuliyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Institutda 21 ta bakalavriat taʼlim yönalişi va 4 ta magistratura mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlanmoqda. 2026-yilda “Energetika muhandisligi” va “Transport vositalari muhandisligi” yönalişlarining taşkil etilişi hudud ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlaş imkoniyatini kengaytirdi. Bu yönalişlarda nazariy tayyorgarlikni amaliy maşğulotlar va işlab çiqariş muhiti bilan boğlaş ustuvor vazifalardan biridir.
Şu maqsadda iş beruvçilar va işlab çiqariş taşkilotlari bilan hamkorlik, amaliyot bazalaridan foydalaniş hamda soha mutaxassislarini öquv jarayoniga jalb etiş masalalariga eʼtibor qaratilmoqda. Talaba öqiş davomida real kasbiy vazifalar bilan işlaşi, raqamli vositalardan foydalanişi va öz bilimini muntazam yangilab borişi kerak.
Öquv jarayonini qöllab-quvvatlaş uçun institutda 7 ta kompyuter sinfi, 138 ta kompyuter, 47 ta proyektor, 6 ta interaktiv doska va 12 ta Wi-Fi qurilmasi mavjud. Axborot-resurs markazida 3 679 nomdagi 13 821 nusxa bosma adabiyot, elektron kutubxonada esa 3 135 nomdagi resurs jamlangan. Mazkur imkoniyatlardan dars va mustaqil taʼlimda foydalaniş taʼlim mazmunini boyitişga xizmat qiladi.
Prezident nutqida taʼkidlangan bilimli va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaş vazifasi institutdagi işlarning asosiy mezonidir. Taʼlim sifati öquv jarayonini muntazam tahlil qiliş, amaliy tayyorgarlikni kuçaytiriş va talabaning egallagan könikmalarini real vaziyatda namoyon eta olişi orqali öz ifodasini topadi.
Voris Axrorov,
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti
Taʼlim sifatini taʼminlaş bölimi boşliği.