
Tarix saboqlari
24.09.2026 soat 14:32YangiliklarMatbuot4
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari Kattaqo‘rg‘on shahridagi Tarixiy-o‘lkashunoslik muzeyi hamda shahardagi monumental tarixiy kompozitsiyaga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar muzeydagi tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishib, Kattaqo‘rg‘on shahrining boy tarixi, milliy qadriyatlari va madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, monumental tarixiy kompozitsiya bilan tanishish orqali talabalarning tarixiy xotira va milliy merosga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshdi.
Mazkur tashrif talabalarning tarixiy-madaniy bilimlarini boyitish, ularni milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.





