
Adib Rustam Musurmon bilan ijodiy uchrashuv
03.10.2026 soat 12:24Ma'rifat ulashibMatbuot35
Rustam Musurmon – shoir va tarjimon.
Rustam Musurmon 1963-yil 26-avgustda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining Yakkatut qishlog‘ida tug‘ilgan. 1989-yilda Toshkent davlat universitetining O‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Shoirning “Ruhimning tovushi” (1995) hamda “Xirgoyi” (1997) nomli she’r va dostonlar to‘plamlari nashr etilgan.
Rustam Musurmon tarjimon sifatida ham samarali ijod qilib, A.Faynbergning “Chig‘ir” (2007) hamda B.Genjamurodning “O‘kuzdaryo bitiklari” (2006) kabi she’riy to‘plamlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Adib adabiyot va tarjimachilik sohasidagi faoliyati bilan o‘zbek adabiy jarayonida munosib o‘rin egallab kelmoqda.


