
DELEGATSIYA A'ZOLARIMIZ NANKINDA
SamDU Kattaqo'rg'on filialining 3 nafar yetakchi professor-o‘qituvchisi, jumladan direktor o'rinbosari Sirojiddin Elmonov, Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi mudiri Sherzod Daliyev hamda Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Abror Iskandarov Xitoy Xalq Respublikasining Nankin politexnika institutiga rasmiy tashrif bilan yo‘l olishdi.
Ushbu tashrif hamkorlik memorandumiga asoslangan bo'lib tashrif davomida 28-may sanasida Nankin politexnika institutida bo'lib o'tgan xalqaro konferensiyada ham filialimiz nomidan ishtirok etishdi.
Tashrif doirasida quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borilishi ko‘zda tutilgan:
🔹 IT, kimyo va xitoy tili yo‘nalishlarida malakali professorlarni filialimizga jalb etish;
🔹 Zamonaviy laboratoriyalarni rivojlantirish uchun beg‘araz investitsiyalarni jalb etish;
🔹 Talabalar uchun 2+2 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish — ya’ni o‘qishning ikki yili bizda, ikki yili esa Xitoyda davom ettiriladi.
🔹Qisqa muddatli stajirovka
Bu tashrif nafaqat o‘zaro tajriba almashish, balki xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda innovatsion salohiyatni kengaytirishga xizmat qiladi.
Delegatsiya 6-iyun kuni Vatanga qaytishi rejalashtirilgan.






